"Biz - "yovuzlarmiz", futbolning dushmanlarimiz". Yilning eng yaxshi darvozaboni mukofotini qo'lga kiritgan Simon darvozabonlar haqida

31 okt 2026, 10:45
"Atletik" va Ispaniya milliy terma jamoasi darvozaboni Unay Simon darvozabonlik poziciyasining o'ziga xosligi haqida gapirib o'tdi.

Avvalroq 29 yoshli futbolchiga France Football nashri talqini bo'yicha mavsumning eng yaxshi darvozaboni mukofoti topshirilgan edi.

- Siz tez-tez darvozabonlar futbol kinosidagi "yovuzlar" ekanini aytasiz. Bu sizni bezovta qilmaydimi?

- Yo'q. Men darvozada o'ynashni o'zimning jonajon Murgiya qishlog'imda boshlaganman. Bizda maysali maydon bor edi, u qishda loygarchilikka aylanardi va menga shu loyga tashlanish juda yoqardi. Ajoyib o'yin o'tkazishingiz mumkin, ammo so'nggi daqiqada xatoga yo'l qo'yib, asosiy aybdorga aylanasiz. Shu bilan birga, butun o'yin davomida ojiz ko'ringan hujumchi oxirida gol urishi mumkin - va uni darhol dunyoning eng yaxshi o'yinchisi deb atashadi.

Oxir-oqibat, futbol - bu gollar, bu to'p to'rga tushganda odamlar zavqlanadigan tomoshadir. Shunday ekan, biz - "yovuzlarmiz", futbolning dushmanlarimiz, chunki biz gol urishga xalaqit beramiz va tomoshabinlarni bu zavqdan mahrum qilamiz, - deydi Simonning so'zlarini Fransiyaning L'Equipe nashri.

2026 yilda Simon Ispaniya milliy terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'ldi. Turnirning sakkizta o'yinida darvozabon atigi bitta gol o'tkazib yuborib, bir qator rekordlarni o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Equipe