

- Uch ochko olgan bo'lsak ham o'yindan mamnun emasman. Balki buni mavsum yakunlanayotgani bilan bog'lasak bo'ladi. Ayrim futbolchilar jismonan charchagan bo'lishlari ham mumkin. Bugungi o'yinni barqaror o'tkaza olmadik. O'yinning ayrim fazalarida ustunlik qilgan bo'lsak, ayrim paytlarda juda bo'sh ko'rindik. Ha, yutdik, yaxshiroq o'yin ko'rsatishimizni kutgandim.
- Bugungi o'yin soat 2da boshlandi. Futbolchilar tetik ko'rindimi? Chunki o'yinlarni bunchalik erta boshlamagandik?
- Bunga to'g'ri qarash kerak. Bunday vaqtlarda mashg'ulotlar ham o'tkazmaganmiz va ko'nikmaganmiz, desak ham bo'ladi. Bunday masalalarni men hal qilmayman. Shu sababli qanday o'yin ko'rsatishimiz borasida ko'p o'yladim. Balki shu sabablidir, yaxshi o'yin ko'rsata olmadik.
- 10 dekabr kuni bizni final o'yini kutmoqda. O'sha kuni qanday ob-havo bo'lishini bilmaymiz. Jamoada charchoq borligini aytyapsiz. Lekin o'rtada "Buxoro"ga qarshi o'yin ham bor. Bu borada nima deysiz?
- Bunday paytdan chiqib keta olish ham kerak. Chunki bunday paytda yo'qotishlar va ortiqcha harakatlar kamroq bo'lishi shart. Osonlik bilan yo'qotish mumkin va shu sababli nimalarnidir yo'qotish ehtimoli bor. Ushbu o'yindan keyin navbatdagi uchrashuvga qanday yondashishimizni o'ylab ko'ramiz. Barchasiga qadam va qadam qaraymiz. Juda uzoqni ham o'ylash shart emas, balki, o'ylash ham kerakdir. Lekin har kuni barchasiga erishib boramiz.



