Superliga. Sovrindorlar nomi ma'lum: "Neftchi" - chempion, "Paxtakor"da kumush, "Navbahor" esa bronza medallariga ega chiqdi!

Aslanov Jasurbek
29 noya 2026, 18:43
O'zbekiston Superligasining navbatdagi turida "Navbahor" Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'lib, imkoniyatni boy berdi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng namanganliklar turnir jadvalida "Paxtakor"ga yetib olish imkoniyatini butkul yo'qotishdi. Shu tariqa, mavsum yakuniga ko'ra sovrinli o'rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • Oltin medal - "Neftchi" (Farg'ona)

  • Kumush medal - "Paxtakor" (Toshkent)

  • Bronza medal - "Navbahor" (Namangan)

Ma'lumot uchun, "sherlar" avvalgi turda safarda "Qizilqum" ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritgan edi.

Neftchi, Pakhtakor, and Navbahor Medals copy.png

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia