"Milan" "Bavariya" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

8 may 2026, 10:55
"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Gorecka "Milan"ga o'tishga yaqin.

ESPN xabar berishicha, italiyalik klub mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan havbek bilan shartnoma imzolashga yaqin qolgan.

Joriy Bundesliga mavsumida Gorecka 29 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Avvalroq 31 yoshli futbolchiga "Inter" va "Yuventus" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Manba: ESPN