

- Birinchi bo'lim juda zerikarli o'tdi. Shunda ham bizda yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Aniq bitta vaziyatni eslayman. Ikkinchi vaziyatda rikoshet halaqit qildi. Ikkinchi bo'limda esa o'yin surati o'zgarib ketdi, "Buxoro" gol urdi. Farqni yo'qqa chiqarishga harakat qildik va hujumga o'tdik. Menimcha biz golga loyiq edik. Yutqazib turgan joyimizda bir ochkoning qo'lga kiritilishi - bu muvaffaqiyat.
- Yosh futbolchilar Sardor Jamolov va Shohruz Kamolov haqida nimalar deysiz? Sardor Jamolov debyutidagi ikki o'yinida gol urdi, o'z navbatida Shohruz Kamolov ham debyutida darvozani ishg'ol qilmoqda.
- Hozirgi futbolda yosh yoki yoshi katta futbolchi deb ajratishdan mano qolmadi. Yosh bo'lsa ham, balki, Premer-liga darajasida bo'lishi mumkin yoki zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytirishi mumkin. Demak, yoshni ajratishning farqi yo'q. Yosh bo'lsa ham yaxshi o'yin ko'rsatib, jamoaga yordam berayotgan bo'lsa, unga eshiklar ochilmoqda. Ular uchun xursandman. Ular zaxiradan maydonga tushib, gol urishdi. Ular uchun xursandman. Shuningdek, bugun oxirigacha kurashib, mag'lub bo'lishmagani uchun jamoadan ham minnatdorman.



