

Uchrashuv Fort-Loderdeyldagi "Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium" stadionida bo'lib o'tdi va mezbonlarning 4:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan tugadi.
G'oliblar tarkibida urugvaylik hujumchi Luis Suares va argentinalik forvard Lionel Messi dubl qayd etishdi. Shu tariqa, "Inter Mayami" MLS'dagi beshta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.
Avvalroq jamoa to'rt marta durang o'ynab, bir bor mag'lubiyatga uchragan edi. "Di-Si Yunayted" esa o'z navbatida oxirgi uchta o'yinda ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
MLS'ning navbatdagi o'yinida "Inter Mayami" "Nyu-York Siti" bilan kuch sinashadi, "Di-Si Yunayted" esa "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi maydonga tushadi.



