Kerrik MYUning jon saqlab qolish uchun kurashi haqida: "Hozir noyabr. Menga vaziyat ham, natijalar ham yoqmayapti"

Aslanov Jasurbek
9 noya 2026, 01:21
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik APLning 10-turida "Aston Villa" bilan qayd etilgan jangovar durangdan (4:4) so'ng muxlislarning qo'llab-quvvatlashi va ligada jon saqlab qolish uchun ehtimoliy kurash haqida fikr bildirdi.

Ma'lumot o'rnida, ayni paytda mankunianliklar turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turishibdi - bu klubning so'nggi 40 yil ichidagi dastlabki 10 turdan keyingi eng yomon natijasidir.

- MYU muxlislari o'yindan so'ng ismingizni baralla kuylashdi. - Muxlislar futbolchilarni qo'llab-quvvatlashmoqda, ular butunlay jamoa bilan birga va bizdan qandaydir ijobiy javob kutishyapti. Bazan umidsizlik va ranjish holatlari yuzaga keladi - buni barchamiz his qilyapmiz, lekin ishqibozlar yigitlarni qo'llab-quvvatlashda davom etishmoqda. Bugun ular oxirigacha biz bilan birga bo'lishdi va biz buni to'liq his qilmoqdamiz.

- MYUning jon saqlab qolish uchun kurash olib borish ehtimoli haqida nima deysiz? - Hozir noyabr, albatta, menga yuzaga kelgan vaziyat ham, natijalarimiz ham umuman yoqmayapti, ammo biz bu borada aniq nimadir qila olamiz, - dedi Kerrik Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC