Meksika va Portugaliya zafar quchdi: Red Bull Four 2 Score 2026 jahon finali yakunlandi!

Narzulla Saydullayev
8 sen 2026, 17:03
Kanadaning Toronto shahrida noananaviy mini-futbol bo'yicha nufuzli Red Bull Four 2 Score 2026 turnirining jahon final bosqichi bo'lib o'tdi.

4:4 formatidagi ushbu shiddatli musobaqada o'yinning dastlabki va so'nggi daqiqalarida urilgan gollar 2 baravar ko'p ochko keltirishi bilan ajralib turdi.

Dunyoning 12 ta mamlakatidan tashrif buyurgan eng kuchli jamoalar uchta yo'nalishda g'oliblik uchun kurash olib borishdi:

Asosiy musobaqa (Mixed Contest)

Meksikaning "Diamanchaca" jamoasi turnir davomida mutlaq ustunlik qilib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Chorak final

AQSH - Yaponiya 1:2

Albaniya - Vengriya 3:2

Kanada - Global Ballers 1:2

Meksika - Bosniya va Gertsegovina 8:1

Yarim final

Yaponiya - Albaniya 5:4

Global Ballers - Meksika 1:7

Final

Yaponiya - Meksika 0:3

Ayollar o'rtasidagi musobaqa (Women's Contest)

Ayollar o'rtasidagi hal qiluvchi bahsda Portugaliyaning "DÁ-TE AAASAS" jamoasi AQSH termasi ustidan kichik 1:0 hisobida g'alaba qozonib, jahon chempioniga aylandi.

"Kontent meykerlar kubogi" (Creators' Contest)

Kreatorlar o'rtasida kechgan qiziqarli va sergola bahsda "Blue Lock" jamoasi "World Class" jamoasini 4:3 hisobida mag'lub etdi va birinchi o'rinni egalladi.

Red Bull Four 2 Score musobaqasi o'zining yuqori dinamikasi va o'ziga xos qoidalari bilan yana bir bor millionlab futbol muxlislari e'tiborini tortishga erishdi.

SP_RedBull42SScore_2026-08-29_1543.jpgSP_RedBull42SScore_2026-08-29_1521.jpgSP_RedBull42SScore_2026-08-29_4079.jpgSP_RedBull42SScore_2026-08-29_3774.jpgSP_RedBull42SScore_2026-08-29_1920.jpgSP_RedBull42SScore_2026-08-29_1246.jpgSP_RedBull42SScore_2026-08-29_0435.jpgSI202608300076_hires_jpeg_24bit_rgb.jpgSI202608300074_hires_jpeg_24bit_rgb.jpgSI202608300061_hires_jpeg_24bit_rgb.jpgSI202608300050_hires_jpeg_24bit_rgb.jpg

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia