

Uchrashuv Fransiyaning Vilnyov-d'Ask shahridagi "Dekatlon Arena - Per-Morua" stadionida bo'lib o'tdi.
Fransiya va Shimoliy Irlandiya 3:1
Gollar: Maykl Olise 43, 49, 75 - Patrik Kelli 64.
Maykl Olise 43-daqiqada hisobni ochdi.
49-daqiqada Olise o'z nomiga dubl yozdirib qo'ydi.
Shimoliy Irlandiya terma jamoasidan Patrik Kelli 64-daqiqada bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
75-daqiqada Maykl Olise xet-trikni rasmiylashtirib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo'ydi.
Fransiya terma jamoasi JCH-2026 da ishtirok etadi va I guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.



