Matvey Safonov "Nyukasl"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2026
"PSJ" darvozaboni Matvey Safonov jarohatidan forig' bo'lib, jamoaning Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi so'nggi turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi.

Rossiyalik posbon qo'l sinishi tufayli 1,5 oyni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan edi. Eslatib o'tamiz, Safonov 17 dekabr kuni Qitalararo kubok finali doirasidagi "Flamengo"ga qarshi bahsda (1:1, penaltilar seriyasi - 2:1) jarohat olgandi. O'sha o'yinda Matvey penaltilar seriyasida ketma-ket to'rtta zarbani qaytarib, jamoasiga chempionlikni taqdim etgan va qahramonga aylangan edi.

Endilikda darvozabon parijliklarga muhim turnirda yordam berishga tayyor. Uning asosiy tarkibda ko'rinish berishi murabbiylar shtabining qaroriga bog'liq.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/PSG_English