Luis Enrike PSJdagi o'yin uslubi haqida: "Rafiqam savol berganida hammasi to'g'ri yo'lda ekanini angladim"

7 noya 2026, 00:30
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa to'g'ri yo'nalishda rivojlanayotganini qachon anglagani haqida qiziq voqeani so'zlab berdi.

"Bu yerdagi faoliyatimning birinchi yilida rafiqam bir kuni mendan: “Nega maydonda kim o'ynayotganidan qati nazar, jamoang bir xil futbol namoyish etadi?” deb so'radi.

Shunda men: “Demak, tizim ishlayapti”, deb o'yladim. Agar senga butun jamoa va barcha futbolchilar bir xil uslubda o'ynayotgandek tuyulsa, demak, tizim samara beryapti.

Men uchun aynan shu eng muhim jihat", - dedi Enrike.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le Parisien