Mashhur murabbiyning uyi qurolli bosqinchilar tomonidan talon-toroj qilindi

Sherzod Nurmatov
15 sen 2025
"Tottenxem" sobiq bosh murabbiyi Harri Rednapp bir necha hafta oldin Sendbanks hududidagi uyiga o'g'rilar tushganini aytdi.

Rednappning so'zlariga ko'ra, bolg'a tutgan jinoyatchilar to'dasi hovliga bostirib kirib, uning rafiqasi Sandraning taqinchoqlarini o'g'irlagan.

"Baxtimizga uyda yo'q edik. Hech kim jabrlanmadi. Policiya qo'lidan kelganini qildi, ammo o'g'rilar topilmadi", – dedi Harri.

Uning takidlashicha, oila bu voqeaga e'tibor qaratmaslikka harakat qilmoqda: 

"Biz bundan fojia yasamaymiz. Ular videokuzatuv kamerasiga tushib qolgan va biz tez orada ko'chib o'tadigan yangi uyda yanada ko'proq xavfsizlik tizimlari bo'ladi".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun