

Avvalroq 34 yoshli belgiyalik darvozabon "qaymoqranglilar" bilan shartnomasini 2028 yilning yoziga qadar uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi bitimi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.
"Yana 5-6 yil futbol o'ynashni xohlayman. Keyin esa akademiya tashkil etib, o'zimga o'xshagan darvozabonlarni tarbiyalashni istardim", – deya Kurtuaning so'zlarini keltiradi insayder Fabricio Romano.
Belgiyalik darvozabon "Real" safiga 2018 yilning yozida o'tgan. Madrid klubi bilan birgalikda u uch bor Ispaniya chempioni bo'ldi, ikki marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi, uch martadan Ispaniya Superkubogi hamda UEFA Superkubogini, shuningdek, bir martadan Ispaniya Kubogi, klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va Qitalararo kubogini qo'lga kiritdi.



