

Jurnalist Ekrem Konurning xabariga ko'ra ko'ra, 25 yoshli futbolchiga asosiy da'vogarlardan biri Milanning "Inter" klubi bo'lib qolmoqda. Shuningdek, futbolchiga "Yuventus”, "Roma" va "Atletiko" ham qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq "Galatasaroy" "Arsenal"ga Martinelli uchun 45 million evro taklif qilgandi, biroq braziliyalik futbolchi bunday taklifga rozi bo'lmadi. Natijada u Turkiya klubiga o'tishdan bosh tortdi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 53 ta o'yin o'tkazgan. Martinelli 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



