

Kelishuv besh yilga mo'ljallangan bo'lib, kelasi yil yanvaridan kuchga kiradi va 2032 yil iyunigacha amal qiladi.
21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga sentyabr oyida erishilgan edi. Endi esa bitim to'liq rasmiylashtirildi: barcha hujjatlar imzolanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Endi "Real" klubi kelishuv haqida rasmiy e'lon berishi kutilmoqda.



