Bishof: "Arsenal" - oddiy raqib emas”

Sherzod Nurmatov
22 okt 2026, 18:50
"Bavariya" yarim himoyachisi Tom Bishof Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o'rin olgan "Arsenal"ga qarshi o'yindagi durang (2:2) haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uchrashuv yakuniga yaqin hisobda oldinga chiqib olgach, ochko yo'qotish juda alamli. Ikkinchi bo'limda yaxshi pallalarni o'tkazdik, ammo “Arsenal” kuchli jamoa. Ular pressingni kuchaytirib, gol urishga erishdi.

Shunga qaramay, menimcha, “Bavariya” yaxshi jamoaviy o'yin ko'rsatdi. “Arsenal” - oddiy raqib emas. Ehtimol, yakkama-yakka kurashlarda yanada qatiyatliroq bo'lish talab etilgandir. Barchaga ma'lumki, Keyn fenomenal uzatmalarni amalga oshira oladi. U shunchaki hujumchi emas. Ha, u gol uradi, biroq butun jamoa uchun ham o'ynaydi. Uning Devisga bergan pasi - haqiqiy sanat asari", – deya Bishofning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

"Bavariya" 3 ochko bilan YCHL umumiy bosqich jadvalida 14-o'rinda bormoqda. "Arsenal" esa 7 ochko bilan 7-pog'onani band etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com