

Jinoyatchilar uydan bir nechta buyumlarni olib ketishgan.
The Athletic nashrining xabar berishicha, Britaniya vaqti bilan soat 20:30 atrofida Cheshir grafligi policiyasiga qo'shni uy yaqinida uch nafar noma'lum erkakning shubhali harakatlari haqida xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga yetib kelgan policiya xodimlari Fernandeshning uyiga o'g'ri tushganini aniqlashgan. Biroq gumonlanuvchilar policiya yetib kelguniga qadar hodisa joyidan qochib ketishgan.
Hodisa sodir bo'lgan vaqtda portugaliyalik futbolchining oila a'zolaridan hech kim uyda bo'lmagan. Shu sababli oila a'zolaridan hech biri jabrlanmagan.



