"Marsel"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

5 iyul 2026, 18:56
"Marsel" Bruno Jenezoni jamoa bosh murabbiyi etib rasman tayinlanganini e'lon qildi.

59 yoshli mutaxassis klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Jenezo ushbu lavozimda Habib Beyening o'rnini egalladi. "Marsel" o'tgan mavsum Fransiya chempionatida kutilgan natijalarni qayd eta olmagani va Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritmaganidan so'ng murabbiylar shtabida o'zgarish qildi.

Bruno Jenezo Fransiya futbolida katta tajribaga ega murabbiylardan biri hisoblanadi. U avvalroq "Lion", "Renn", "Lill" hamda Xitoyning "Beyczin Goan" klublarini boshqargan. So'nggi ikki mavsumda "Lill" bilan muvaffaqiyatli ishlab, jamoani Liga 1 kuchli uchligiga olib chiqqan va Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

Endi tajribali mutaxassisning asosiy vazifasi "Marsel"ni Fransiyaning yetakchi klublari qatoriga qaytarish va jamoani yana yirik sovrinlar uchun kurashadigan darajaga olib chiqish bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: om.fr