Gabriel Batistuta: "Messi raqamlar bo'yicha Maradonadan ancha ustun, ammo..."

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2026, 21:50
Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Gabriel Batistuta Lionel Messi va Diego Maradonani solishtirish haqida fikr bildirdi.

– Sizdan doimo Messi va Maradona haqida so'rashadi. Bu savollardan charchamadingizmi?

– Yo'q, charchamadim, lekin ularning manosini unchalik tushunmayman, chunki bular turli davrlar edi. Messi Diegodaga qaraganda ancha ko'p gol uradi. Diego pas berishni afzal ko'rardi va jamoa uchun ko'proq ishlardi. Messi – to'purar. U maydonda yuradi va hujum gol bilan yakunlanishi uchun hamma narsani qiladi. Diego esa boshqacha edi. Biz, argentinaliklar esa ikkovimiz ham bo'lganidan baxtiyormiz, lekin men tanlay olmasdim.

Raqamlar bo'yicha Messi Diegodadan ancha ustun. Lekin xarizma va tomoshaboplik haqida gapiradigan bo'lsak, menda shubhalar bor.

– Ammo mana bu jahon chempionati Messining ustunligini isbotlamayaptimi?

– Messi ancha to'g'riroq, intizomli odam. U yaxshi inson, yaxshi oilasi bor. Diego esa atrofida sodir bo'layotgan hamma narsani shouga aylantirardi. Argentinaliklar uchun bahs hali ham teng – 50 ga 50. Biz Messining Maradonadan yaxshiroq yoki yomonroq ekanini hal qilish uchun uning jahon chempionatida g'olib chiqishini kutmadik. Ularning ikkalasi ham doimo yonma-yon turgan, chunki ikkovi ham buyuk ishlar qilgan. Keyin esa bahslar boshlanadi: Messi buyuk jamoalarda o'ynagan, Diego esa ko'pincha deyarli yolg'iz o'zi tortib yurgan, shuning uchun munozaralar ko'p.

Yagona aniq narsa shuki: Maradona ungacha hech kim qilmagan ishlarni qilgan, hozir esa Messi ungacha hech kim qilmagan ishlarni qilmoqda.

– Diego haqida gapirib bering, siz u bilan yaxshi muloqot qilgansiz.

– Diego ajoyib inson edi. Uning yuragi katta edi. U hammaning – jamoadoshlari, klub xodimlari, har bir kishining yaxshi bo'lishi uchun o'zida bor narsani berardi. Hammasi aynan shunday tugaganidan juda afsusdaman, chunki u ancha ko'proq yordamga loyiq edi. To'g'ri, u bazida ko'ngilsizliklarga uchrardi, oxirida gapirayotgan gapini ham har doim tushunmasdi, lekin u yaxshi inson edi. Keyin esa, u hech kim yashamaydigan hayotni yashab o'tdi.

Biz muammolar haqida o'z tajribamizdan kelib chiqib mulohaza yuritamiz, lekin Diegoning hayoti oddiy emasdi. Biz uning o'rnida tug'ilganimizda nima qilardik, tasavvur qilish juda qiyin. Allqachon 6-7 yoshida uning hamma narsasi bor edi. Hech kim unga "yo'q" demasdi. Biz nima qilardik – bilmayman. O'ylaymanki, o'sha vaziyatda biz ham xuddi shunday qilgan bo'lardik, – dedi Batistuta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: YouTube-канал FONBET