Lionel Messi Maradonaga tegishli rekordni yangilab, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi

Aslanov Jasurbek
7 iyul 2026, 23:19
Lionel Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 1/8 finalida Misrga qarshi kechayotgan bahsda (2:2, ikkinchi bo'lim) Kristian Romeroga golli uzatma amalga oshirdi.

Messi hisobidagi golli uzatmalar soni hozir 9 taga etdi. U ushbu ko'rsatkich bo'yicha 8 ta assistga ega bo'lgan yurtdoshi Diego Maradonaning rekordini yangiladi.

Shu bilan birga Messi 83-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bu gol 39 yoshli futbolchining faoliyati davomidagi (barcha turnirlardagi 1161 ta o'yinda) 919-goli bo'ldi.

Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli forvardi Krishtianu Ronaldu esa 1328 ta o'yinda 976 ta gol muallifi bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta