Jahon chempioni "Arsenal"ni tark etishga tayyor

4 noya 2026, 09:40
Yarim himoyachi Martin Subimendi qishki transfer oynasida "Arsenal"ni tark etishga tayyor.

Subimendi "Arsenal"dagi debyut mavsumi bo'lgan o'tgan yilning katta qismida asosiy tarkib futbolchisi bo'lgan edi.

Biroq joriy mavsumda Subimendi "Arsenal" zaxirasida qolib ketdi va Premer-ligada faqat olti marta zaxiradan maydonga tushish bilan cheklandi.

TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik yanvarda takliflarga ochiq bo'lishi haqida qaror qabul qilgan va bu allaqachon kamida ettita klubning e'tiborini tortgan.

Subimendini o'z vataniga qaytarishga "Real", "Barselona" va "Atletiko" tayyor. Shuningdek, Martinni "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya"si ham o'z safida ko'rishni istamoqda.

"Chelsi" va "Liverpul" esa Subimendiga Premer-ligada qolish imkoniyatini taklif qilishga shay.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk