Noyer eng ko'p sovrin yutgan germaniyalik futbolchiga aylandi

23 avg 2026, 09:30
22 avgust kuni Dortmundning "Borussiya" va "Bavariya" klublari o'rtasida Germaniya Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tdi.

Uchrashuv myunxenliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Bavariya" tarkibida Manuel Noyer harakat qildi. 40 yoshli darvozabon uchun ushbu sovrin faoliyatidagi 36-si bo'ldi.

Shu tariqa, Noyer sobiq jamoadoshi Tomas Myullerni ortda qoldirib, eng ko'p sovrin qo'lga kiritgan germaniyalik futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com