Olimpiya terma jamoamiz a'zosi Germaniyada jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tkazdi

4 noya 2026, 10:05
O'zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Saidumarxon Saidnurullaev Osiyo o'yinlari yarim final uchrashuvida tizzasidagi xochsimon boylamning uzilishi oqibatida jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbolchimizning tezroq safga qaytishini taminlash maqsadida Germaniyaning “Medical Connections” klinikasida jarrohlik amaliyoti tashkil etildi.

Operaciya professor Mirko Xerbert tomonidan muvaffaqiyatli o'tkazildi va ayni paytda Saidnurullaev o'zini yaxshi his qilmoqda.

Futbolchimizga tezroq sog'ayib, safga qaytishini tilab qolamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA