Manuel Noyer terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

Iskandarov Abdulaziz
30 iyun 2026, 19:12
Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer milliy jamoadagi so'nggi turniri muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan chuqur afsusda ekanini bildirdi.

Avvalroq 40 yoshli posbon 2026 yilgi jahon chempionati faoliyatidagi oxirgi xalqaro musobaqa bo'lishini e'lon qilgan edi.

Germaniya terma jamoasi kutilmaganda dunyo birinchiligining 1/16 final bosqichida Paragvayga imkoniyatni boy berib (asosiy vaqt - 1:1, penaltilar seriyasi - 3:4), turnirni erta tark etdi. Noyer uchrashuvda to'liq harakat qildi va o'yindan keyingi penaltilar seriyasida bitta zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi, biroq bu bundestimning keyingi bosqichga chiqishi uchun etarli bo'lmadi.

Hammasi mana shunday yakun topgani juda alamli, - deya 40 yoshli darvozabonning so'zlarini iqtibos sifatida keltirdi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi Bayern & Germany sahifasi.

Ma'lumot uchun: Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2009 yilda o'tkazgan edi. U milliy jamoa bilan birgalikda 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'oliblikni qo'lga kiritgan va uzoq yillar davomida jamoaning asosiy ramzlaridan biriga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia