"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi mavsum oxirida klubni tark etadi

Sherzod Nurmatov
8 may 2026, 11:50
Urugvay yarim himoyachi Manuel Ugarte mavsum oxirida MYUdan ketadi.

Florian Plettenbergning xabar berishicha, 25 yoshli urugvaylik tayanch yarim himoyachisi Manuel Ugarte yozgi transfer oynasida jamoani tark etishga qaror qilgan.

2.jpg

Ugarte jamoadagi hozirgi rolidan juda norozi ekanligi va keyingi mavsum uchun ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'lishi mumkin bo'lgan yangi jamoa qidirayotgani aytilmoqda. Urugvaylik futbolchi uchun asosiy da'vogarlardan biri Turkiyaning "Galatasaroy" klubi bo'lib, turkiyaliklar o'tgan yozda uni sotib olishga harakat qilgan, ammo "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erisha olmagandi.

Ugarte ushbu mavsum "qizil iblislar" safida 24 o'yinda maydonga tushdi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan va Transfermarkt uni 30 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal