"Manchester Yunayted" Suzuki bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
15 yanv 2025, 23:06
"Manchester Yunayted" "Parma"ning yaponiyalik darvozaboni Zion Suzuki bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Angliya klubi yaponiyalikni o'z safiga jalb qilmoqchi bo'lganlardan biri. O'yinchining xizmatlariga shuningdek "Bavariya" qiziqmoqda.

"Parma" o'z darvozabonining sotuvidan kamida 47 million evro ishlab olmoqchi.

Zion Suzuki 2024 yildan beri "Parma" sharafini himoya qiladi. Yapon italyan klubida 19ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 30ta to'p olib chiqdi va 3ta "quruq" o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: talkSPORT