Infantino JCH ulushini xususiy investorlarga sotish loyihasi bo'yicha tanqidlarga javob berdi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2026, 01:17
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino jahon chempionati ulushini xususiy investorlarga sotishni nazarda tutuvchi o'z loyihasiga bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi.

"Eng avvalo, bu majburiyat emas, balki imkoniyatdir. Bu shunchaki muzokaralar jarayonining bir qismi bo'lgan taklif xolos", – dedi Infantinoning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Avvalroq Infantino shaxsan o'ziga o'n millionlab funt keltirishi mumkin bo'lgan sotuv rejasini ishlab chiqayotgani, muzokaralar esa AQSH prezidenti Donald Tramp mamuriyatiga yaqin shaxslar bilan olib borilgani xabar qilingandi. Bir qator futbol tashkilotlari va sport arboblari bu qarorni qoraladi, Infantino esa bitim maqullangan taqdirda FIFAga a'zo davlatlarning har biriga 40 million dollar miqdorida moliyaviy yordam taklif qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport