

U o'z bayonotida bu qadamni "mas'uliyatsiz va jahon futboliga parchalanish olib keladigan" deb atadi. "Jahon chempionati sotilmaydi. Bu FIFA prezidentining xususiy investiciya aktivi emas. Uning qadri kun sayin ligalar, klublar, o'yinchilar va muxlislar tomonidan yaratiladi, ularga esa bu masalada ovoz berish huquqi berilmayapti. Yevropa ligalari bu taklifni qatiyan rad etadi. Futbolning muvaffaqiyati hamisha ochiq piramidal tuzilmaga hamda milliy va xalqaro futbol o'rtasidagi nozik muvozanatga asoslangan. Tijoriy imkoniyatlar ushbu asoslarni qo'llab-quvvatlashi kerak, ularni o'zgartirib yuborish xavfini tug'dirmasligi lozim. Bu shaffof bo'lmagan jarayon va bir tomonlama taklif FIFAdagi uzoq muddatli qarorlar qabul qilish modelining bir qismidir. Aynan mana shu model assotsiatsiyani Evrokomissiyaga shikoyat qilishga undadi, chunki FIFAning xalqaro o'yinlar taqvimi bo'yicha o'z qarorlarini majburan o'tkazishi ustun mavqedan suiistemollik qilish va Yevropa raqobat huquqini buzish hisoblanadi. Taqvim va musobaqalarga oid takliflar manfaatdor barcha tomonlarning real ishtiroki va roziligi bilan shaffof, hisobdor va inklyuziv jarayonlar orqali ishlab chiqilishi kerak - xuddi Yevropa Ittifoqi Sudi 2023 yildagi Superliga ishi bo'yicha qarorida to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatib o'tganidek. Biz bu masala bo'yicha Evrokomissiya bilan konstruktiv uchrashuvlar o'tkazdik va uning tomonidan qabul qilinadigan yuridik qarorlar muxlislar va futbol jamoasining manfaatlariga xizmat qilishida davom etishiga ishonchimiz komil. Yevropa ligalari o'yin manfaatlarini uzoq muddatli istiqbolda himoya qilish uchun UEFA bilan birgalikda ishlashni davom ettiradi. Ishonamizki, butun dunyodagi federatsiyalar va milliy assotsiatsiyalar FIFA prezidentining ushbu taklifini diqqat bilan o'rganib chiqib, xuddi shunday yo'l tutishadi", – deyiladi xabarda.



