"Yuventus" PSJ bilan kurashda Suzukini qo'lga kiritishiga umid qilmoqda

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2026, 00:45
"Yuventus" va PSJ Zion Suzukini sotib olishga urinmoqda.

Darvozabon shu yozda katta ehtimol bilan "Parma"ni tark etadi va turinliklar u uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport. "Byankoneri" rahbariyati ham futbolchining o'zini, ham uning jamoasini bitim tuzishga ko'ndira olishiga ishonmoqda. Tomonlar doimiy ravishda aloqada bo'lib turibdi. "Yuventus"ning asosiy raqobatchilaridan biri PSJ hisoblanadi. Parijliklarga "Parma" so'rayotgan 30 million evroni to'lash qiyinlik qilmaydi, biroq ular turinliklardan farqli o'laroq, Yaponiya terma jamoasi futbolchisiga asosiy tarkibdan joy kafolatlay olmaydi. Fransiya klubi Suzukini sotib olib, uni ijaraga berishi mumkin bo'lgan variant ham mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport