"Manchester Yunayted" "Milan" himoyachisini sotib olishi mumkin

10 may 2026, 10:25
Serb futbolchisini sotib olishga "Manchester Yunayted" va "Kristal Pelas" qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli futbolchining o'zi ham faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emasligini ma'lum qilgan. Milan klubi o'z o'yinchisini 40 million evroga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, "Milan" Pavlovichni 2024 yilda "Red Bull Zalcburg"dan 18,5 million evroga sotib olgan. Himoyachi joriy mavsum milanliklar safida jami 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 1 ta assist bor. Himoyachining "Milan" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Transfemarkt nashri himoyachini 35 million evroga baholagan.


Manba: soccer.ru