

Ma'lumotlarga ko'ra, taniqli jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" 20 yoshli markaziy yarim himoyachini so'nggi transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.
Manzambi "Kristal Pelas" futbolchisi Adam Uortonga muqobil variant sifatida ko'rilmoqda. Sababi Uortonni qo'lga kiritish "qizil iblislar" uchun qiyin bo'ladi.

"Frayburg" yarim himoyachini qo'yib yuborishga qarshi emas, ammo 50 mln evrodan kam summaga istisno qilingan.
Manzambi atrofidagi vaziyatni "Arsenal" va "Chelsi" klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Manzambi joriy mavsum "Frayburg" safida 26 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.



