"Manchester Siti" xavbeki A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
5 may 2026, 13:00
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Tijani Reynders yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubni tark etish ehtimoli bor.

Manbaning xabar berishicha, 27 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Italiyaning bir qancha klublari, xususan, "Yuventus" qiziqish bildirmoqda.

So'nggi paytlarda yarim himoyachining "Manchester Siti"da o'yin vaqti tobora kamayib bormoqda.

2.jpg

Futbolchi 2025 yil iyun oyida 55 million evro evaziga "Milan"dan "Siti"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

Reynders 2025/26 yilgi mavsum 45 o'yinda 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 60 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider