"Chelsi" "Liverpul” yulduziga qiziqish bildirmoqda

25 iyul 2026, 19:31
Aleksis Makallister "Liverpul”dan APLning boshqa klubiga o'tishi mumkin.

Qayd etilishicha, "qizillar"ning yangi murabbiyi Andoni Iraola futbolchiga ishonch bildirmoqda. Ammo, mersisaydliklar futbolchini baribir sotish masalasini ko'rib chiqishlari mumkin. Makallisterga "Chelsi" qiziqish bildirgan. Transfermarkt yarim himoyachining narxini 70 million evroga baholamoqda.

Aleksis Makallister o'tgan mavsum "Liverpul” safida APLda 37 ta o'yin o'tkazdi. Unda yarim himoyachi ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Indykaila