

Unda "Manchester Siti" o'z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qiladi. Uchrashuv Manchestyerdagi "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari:
"Manchester Siti": Donnarumma, Nunes, Abduqodir Xusanov, Gexi, Gvardiol, Ait-Nuri, Silva, Foden, Semeno, Savio, Marmush.
"Kristal Pelas": Xenderson, Munos, Richards, Lakrua, Kanvo, Mitchell, Lerma, Xyuz, Djonson, Pino, Mateta.
Ma'lumot uchun, Angliya chempionatining 35 turidan so'ng "shaharliklar" 74 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. "Burgutlar" esa 44 ochko bilan 15-pog'onadan joy olgan.



