

"Shaharliklar" bu qarorni tezkor ravishda qabul qildi, chunki Yoshko Gvardiol jarohat sabab bir necha haftaga safdan chiqdi.
"Siti" Alleyn "Uotford"da o'yin amaliyotiga ega bo'lgani va u erdagi rivojidan juda mamnun edi. Hozirda unga jamoada ehtiyoj bor", – deya xabar berdi Romano.

Avvalroq "Manchester Siti" ikki himoyachisidan ayrilgani haqida xabar bergan edik.



