Ronald Kumanning rafiqsi vafot etdi. Bartina 16 yil davomida ko'krak bezi saratoniga qarshi kurashgan edi

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 14:11
Barselonaning sobiq futbolchisi va murabbiyi Ronald Kuman rafiqsi vafot etganini ma'lum qildi.

"Chuqur qayg'u, shuningdek, ulkan faxr va muhabbat bilan mening go'zal rafiqam, sevimli onamiz va buvijonimiz bilan vidolashamiz ♥️.

Bartina Kuman-Boddeveld. 30.01.1961 – 15.09.2026. Kumanlar oilasi", - deb yozdi Niderlandiya terma jamoasining sobiq murabbiyi oila a'zolari nomidan.

De Telegraaf xabariga ko'ra, Bartina ko'krak bezi saratoni bilan kurashib kelgan. Unga bu tashxis 2010 yilda qo'yilgan edi.

Ronald va Bartina 1985 yilda turmush qurishgan bo'lib, ularning uch nafar farzandi (shu jumladan Eredivizining Telstar klubi darvozaboni Ronald Kuman-kichik) hamda beshta nevarasi bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf