"Manchester Siti" darvozaboni janjal qilgani uchun tungi klubdan haydaldi

Оқил Абдубарноев
21 may 2024, 23:10
"Manchester Siti" posboni Skott Karson jamoasi ketma-ket to'rtinchi chempionlikni nishonlagan oqshom tungi klubni tongda tark etdi.

38 yoshli uchinchi darvozabon Manchestyerdagi tungi klubda o'tkaziladigan ananaviy chempionlar kechasidan ertalab soat to'rtlarda qo'riqchilar tomonidan haydalgan. Xabarlarga ko'ra, u sarxush holatda tartibsizlik keltirib chiqarib, mehmonlardan biri bilan urishishga harakat qilgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma'lum emas. Bayramda klubning barcha a'zolari oilalari bilan birga ishtirok etishdi.

Karson 2019 yil "Derbi Kaunti"dan klubga kelib qo'shilgandan beri "shaharliklar"ning zaxiradagi darvozaboni sanaladi. O'shandan beri u Pep Gvardiola jamoasining eng sevimli o'yinchilaridan biriga aylandi.

Angliyalik posbon oxirgi beshta yilda atigi 2 marotaba maydonga tushgan. Avvalroq "Siti" bosh murabbiyi uni boshqalarga o'rnak bo'lishi aytib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Daily Mail