

Championat.asia bosh muharriri Narzullay Saydullaevning yozishicha, Husanov “Nottingem Forest”ga qarshi Angliya Premer-ligasi bahsida jarohat olgan va shu sabab milliy jamoaning noyabrdagi yig'inida qatnasha olmaydi. Kichik jarohat kattalashib ketmasligi uchun himoyachiga dam beriladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.



