“Manchester Siti” ”Chelsi” bilan Gyusto bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi

Sherzod Nurmatov
18 avg 2026, 17:00
“Chelsi” qanot himoyachisi Malo Gyusto yana “Manchester Siti” qiziqishlari doirasiga tushdi.

Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, “Manchester Siti” 23 yoshli fransiyalik futbolchining transferi ustida qayta ish boshladi. “Shaharliklar” yangi bosh murabbiyi Enco Mareska u bilan avvalroq “Chelsi”da birga faoliyat yuritgandi.

Qayd etilishicha, Angliya vice-chempioni Gyustoga bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda, biroq ushbu kelishuvdagi asosiy to'siq hamon transfer narxi bo'lib turibdi - “ko'klar” uning uchun 82 million evro talab qilmoqda.

Gyusto 2025/26 yilgi mavsum barcha turnirlarni inobatga olgan holda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk