

- "Manchester Siti" klubi bugun e'lon qilingan Premer-liga komissiyasining xulosasidan ham hafsalasi pir bo'lganini, ham hayratda ekanini bildiradi.
Klub Premer-liga tomonidan qo'yilgan ayblovlarda aybsiz va ushbu ishga oid barcha poziciyalarini qo'llab-quvvatlovchi inkor etib bo'lmaydigan dalillar to'plamiga ega. Shu sababli klub barcha tegishli tartibga soluvchi va huquqiy instanciyalarda qatiy hamda zarur bo'lganda tashabbuskorlik bilan harakat qiladi.
Premer-liga jarayoni davom etmoqda va uning muhim bosqichlari hali yakunlanmagan.
"Manchester Siti" ushbu xulosada qonun, princip va faktlar bo'yicha aniq jiddiy xatoliklar mavjudligi hamda u asossiz va ishonchsiz ekani sababli o'zi uchun ochiq bo'lgan apellyaciya imkoniyatlaridan foydalanadi.
Klub Premer-liga rahbariyati va ijroiya organi har qanday tarafkashlik ta’siridan xoli, mustaqil, xolis va adolatli tartibga soluvchi sifatida harakat qiladi degan ishonch bilan sakkiz yil davomida belgilangan tartib-qoidalarga qatiy rioya qildi.
Klub kelgusidagi barcha jarayonlar to'liq yakunlangunga qadar qo'shimcha izoh berish imkoniyati cheklanganini ma'lum qiladi.



