APL rahbari Masters: "Siti" uchun jazoni tezkorlik bilan tanlamoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
29 sen 2026, 21:45
Richard Masters "Manchester Siti" APLning moliyaviy qoidalarini buzishda aybdor deb topilganiga izoh berdi.

- Asosiy qarorda ushbu davr mobaynida "Manchester Siti"da nimalar yuz bergani haqidagi faktlar bayon etilgan. Unda klub deyarli bir o'n yillik davomida Premer-liga qoidalarini qanday qilib tizimli ravishda buzgani batafsil tavsiflangan. Bu, shuningdek, Premer-liganing "Manchester Siti"ga qarshi ushbu ishni qo'zg'atish haqidagi qarori to'g'ri bo'lganini tasdiqlaydi.

Jarayon shu paytgacha uzoq va murakkab kechgan bo'lsa-da, liga faktlar mustaqil ravishda aniqlanishiga qatiy intildi. Musobaqalar halolligini himoya qilish maqsadida klublarning o'zi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga rioya qilinishini taminlash Premer-liganing asosiy majburiyatlaridan biridir. Liganing raqobatbardosh va barcha klublar hamda muxlislar uchun adolatli bo'lib qolishi juda muhim. Biz bu mas'uliyatga juda jiddiy qaraymiz.

Ushbu intizomiy ish va mazkur qaror Premer-liga tarixidagi eng ahamiyatlisidir. Ishning bazi jihatlarini hali hal qilish kerak, shu jumladan, eng muhimi - ushbu qoidabuzarliklar ortidan qanday sankciyalar qo'llanilishi kerakligi masalasi. Endi, komissiya qarori qo'limizda ekan, ligamiz, klublarimiz va muxlislarimiz uchun aniqlikni taminlash maqsadida jarayonning qolgan qismini tezkorlik bilan yakunlamoqchimiz, - dedi APL rahbari.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com