“Metallurg” futbol akademiyasida “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o'tkazildi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2026, 20:54
Bugun, “1 oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Metallurg” futbol akademiyasida murabbiy va ustozlar mehnatini ezozlash, ularning sportchilar tarbiyasidagi beqiyos o'rnini qadrlashga bag'ishlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, akademiya murabbiylari, mutaxassislar hamda yosh futbolchilar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ustoz va murabbiylarning yosh avlodni tarbiyalash, ularning futbol mahoratini yuksaltirish, intizom va sport madaniyatini shakllantirishdagi fidokorona mehnati alohida etirof etildi.

Samimiy muloqot va ko'tarinki ruhda o'tgan tadbirda murabbiylik kasbining mas'uliyati, yosh futbolchilarga berilayotgan talim va tarbiyaning ahamiyati, akademiya tarbiyalanuvchilarini professional futbolga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi.

Shuningdek, tadbir davomida “Metallurg” Bosh direktori Shavkat Sadiov ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik izhor etib, ularning sharafli va mas'uliyatli faoliyatiga omad, mustahkam sog'liq hamda yangi sport yutuqlarini tiladi.

Zero, har bir g'alaba ortida bilim, tajriba va fidoyilik bilan yo'l ko'rsatuvchi ustozning mehnati yotadi. “Metallurg” futbol akademiyasi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Ustozlarga hurmat - kelajak yutuqlari uchun poydevor!

photo_2026-09-29_20-29-01.jpgphoto_2026-09-29_20-29-02.jpgphoto_2026-09-29_20-29-05.jpgphoto_2026-09-29_20-29-05 (2).jpgphoto_2026-09-29_20-29-06.jpgphoto_2026-09-29_20-29-06 (2).jpgphoto_2026-09-29_20-29-07.jpgphoto_2026-09-29_20-29-09.jpgphoto_2026-09-29_20-29-10.jpgphoto_2026-09-29_20-29-10 (2).jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Металлург" матбуот хизмати