

"Siti" Angliya terma jamoasining 22 yoshli o'ng qanot himoyachisini sotib olish uchun yangi qadam tashlagan va 57 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor.
Livramento 2024/25 yilgi mavsumda 45 ta o'yinda maydonga tushib, golli uzatma amalga oshirdi va uchta sariq kartochka ishladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 million evroga baholamoqda.



