“Aral” klubini taqdirlash marosimi 1 noyabr kuni o'tkaziladi

Sherzod Nurmatov
20 okt 2026, 18:38
Superliga yo'llanmasi va bir vaqtning o'zida Proliga g'olibligini qo'lga kiritgan “Aral” futbol klubiga kubok topshirish marosimi 1 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

“Proliganing navbatdagi turida “Aral” G'uzorda “Sho'rtan“ mehmoni bo'ladi. 25-turda esa nukusliklar “G'azalkent” futbol klubini qabul qiladi. 1 noyabr kungi bellashuv 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.

“G'azalkent” bilan o'yin yakshanba - dam olish kuniga to'g'ri kelayotgani qoraqalpog'istonlik futbol muxlislariga uzoq kutilgan Superliga yo'llanmasini nishonlashda qo'l kelishi shubhasiz. Ayni vaqtda g'azalkentliklar pley-off yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirayotganidan kelib chiqilsa, bellashuvning o'zi ham qiziqarli kurashlar ostida kechishiga shubha yo'q”, – deyiladi PFL xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz