Mahamadu Dembele: “O'zbekiston Superligasiga qanday moslashayotganimni siz menga aytishingiz kerak”

Mirjalol Normatov
7 mar 2026
Superliganing 2-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin "Dinamo" futbolchisi Mahamadu Dembele fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida nima deysiz?

- O'yin yaxshi o'tdi. Birinchi bo'limda juda yaxshi o'ynadik. Lekin ko'proq gol urish uchun ko'proq harakat qilishimiz kerak edi, chunki 2:0 etarli emas. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- 26 yoshingizda Yevropadan Osiyoga yo'l olishingizning asosiy sababi nima?

- Bungacha Albaniyada edim va u erda bazi muammolar bor edi. Osiyoda o'ynash uchun men uchun yangi imkoniyat. Mavsum davomida nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi.

- O'zbekiston Superligasiga moslashuvingiz qanday kechmoqda?

- Buni siz menga aytishingiz kerak, chunki o'zim bilmayman. Umid qilamanki, biz mavsumni yaxshi o'tkazamiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia