

Istaysizmi yoki yo'q hammaning e'tibori mana shu turnirda bo'ladi. Boz ustiga debyutant terma jamoalarga o'zgacha nazar bilan qarashadi. O'zbekiston terma jamoasining ilk ishtiroki chililik sobiq to'ptepar, "Vasko da Gama", "Ulsan Xyonde", "Bunyodkor"da o'ynagan Xose Luis Vilyanueva fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu juda qiyin guruh. Portugaliyada Ronaldu bor, Kolumbiya har doim kuchli, Kongo esa jismonan baquvvat. Oson bo'lmaydi, lekin futbolda har narsa bo'lishi mumkin. O'zbekiston bor kuchini ko'rsatishga, ochkolar ishlashga va bu tajribadan zavqlanishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi - o'rganish va kelajak uchun o'sishga erishish.
Tarixda ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma olish - bu ulkan voqea. Men "Bunyodkor" safida o'ynaganman, shuning uchun futbol odamlar uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini bilaman",- deydi Vilyanueva.



