Islom Inomov: "Bunyodkor" nomdor jamoa, hech kim tashlab qo'ymasligiga umid qilamiz"

Sherzod Nurmatov
26 may 2026, 16:48
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Rivaldo bilan bog'liq mojarosi ortidan hamon qiyin vaziyatda turibdi.

Biz bu borada klub sport direktori Islom Inomovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Avvalgi rahbarlarimiz davrida Rivaldo borasida 5 yil davomida to'lab borishga erishilgandi. Keyinchalik vaziyat o'zgarib ketdi. Homiylik to'xtatildi. Hammasi yaxshilikka deb o'ylayman. Ma'lum bir homiy biriktirilgunga qadar sabr qilib kutamiz”, – dedi Inomov.

- Lekin oldinda ilk jazo transfer taqiqi turibdi, chunki mazkur jarayon to'xtab turmaydi...

- Mavsumni oxirigacha yetib olamiz. Yoshlar bilan tarkibni uyg'unlashtirib o'ynatamiz. U-21, U-19 jamoamizdan yaxshi yigitlar yetishib chiqmoqda. Vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. "Bunyodkor" nomdor jamoa, hech kim tashlab qo'ymaydi degan umiddamiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia