Arsen Venger Chempionlar ligasi finali oldidan Mikel Artetaga maslahat berdi

30 may 2026, 10:30
"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger final oldidan Mikel Artetaga o'z maslahatlarini berdi.

Uchrashuv bugun Budapeshtdagi (Vengriya) "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi.

"Nimani maslahat bergan bo'lardim? Odatda nima ish qilgan bo'lsang, shuni bajar va xotirjam bo'lishga harakat qil, garchi buning iloji yo'qligini bilsam ham. Jamoaga qatiy ishonch singdir. U buni qanday qilishni biladi. U futbolchilarni mendan ko'ra yaxshiroq taniydi. Jamoa butun mavsum davomida ko'rsatgan jipslikni saqlab qol, shuning o'zi etarli bo'ladi", – deya Vengerning so'zlarini keltirmoqda "Arsenal" rasmiy sayti.

O'xshash yangiliklar


Manba: FcArsenal.com