Luis Enrike evrokuboklar tarixidagi eng sovrindor murabbiylar top-3 ligiga kirdi

Sherzod Nurmatov
13 avg 2026, 15:20
12 avgust kuni PSJ UEFA Superkubogi-2026 uchun kechgan bahsda “Aston Villa” qarshiligini sindirdi (2:1).

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike o'z faoliyatidagi 6-evrokubok sovrinini qo'lga kiritdi va bu ko'rsatkich bo'yicha ser Aleks Fergyuson hamda Jovanni Trapattoniga tenglashib oldi. Enrike hisobida Chempionlar Ligasidagi uchta g'alaba (2014/15 - “Barselona” bilan; 2024/25, 2025/26 - PSJ bilan) va uchta UEFA Superkubogi (2015 - “Barselona” bilan; 2025 va 2026 - PSJ bilan) mavjud.

Ispaniyalik mutaxassis Yevropa kuboklari finalidagi barcha o'yinlarda (oltitadan oltitasida) g'alaba qozonib, Zinedin Zidanning ideal rekordini (beshtadan beshta) ortda qoldirdi.

Futbol tarixida faqat ikki murabbiy Luis Enrikedan ko'proq evrokubok sovriniga ega: Xosep Gvardiola (7 ta sovrin) va Karlo Anchelotti (10 ta sovrin).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com