

Manbaga ko'ra, 8 may kuni 56 yoshga to'ladigan ispaniyalik murabbiy jamoani ushbu tadbir uchun yig'ishni xohlagan. U Zafar arkasi yaqinidagi restoran - dengiz mahsulotlari va turli xil tansiq taomlar tayyorlaydigan "ikra uyi"da katta stol band qilgan. Parijning nufuzli tumanidagi bu tanlov oqshomning muhimligini ko'rsatdi.
Biroq murabbiyning o'zi bayramda qatnashmadi. Sababi ketirilmagan. Shu bilan birga, futbolchilar yarim finalda "Bavariya"ni mag'lub etgandan so'ng (umumiy hisobda 6-5) jamoalarining Chempionlar Ligasi finaliga chiqqanini nishonlash imkoniyatidan foydalangan.
Luis Enrike 2023 yilning iyulidan beri PSJda ishlaydi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.



